circle

Biz haqimizda

Biz haqimizda qisqacha

«SEVIMLI» telekanali 2017-yil 1-aprel kuni “Caravan TV” nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan, oilaviy nodavlat televizion kanal hisoblanadi. Ixtisosligi – musiqiy-ko‘ngilochar va ma'rifiy. 2017-yilning 1-dekabrida kanal o‘z nomini “Caravan TV”dan “Sevimli TV”ga o‘zgartirgan. Telekanaldagi ko‘rsatuv va dasturlar butun O‘zbekiston bo‘ylab, 24 soat davomida uzluksiz efirga uzatiladi.

Boshqaruv markazi – Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 53-uyda joylashgan.

Tahlillarga e'tibor qaratsak, bugungi kunda O‘zbekistonda faol teleauditoriyaning 52 foizini ayollar, 42 foizini erkaklar tashkil etadi. Ularning 43 foizi mehnat bozorida ishlayotgan fuqarolar bo‘lib, teletomoshabinlarning 83 foizi, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi auditoriya hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunda «SEVIMLI» telekanalining teleauditoriya qamrovi, o‘rtacha 3 mln. 800 ming kishini tashkil etadi.

Hozirgi kunda telekanal Respublikamizning barcha hududi, shuningdek qo‘shni chegaradosh davlatlarga HD va SD formatda (tasvir formati – 576i 16:9 (SDTV) 1080i (HDTV) signallar uzatmoqda.

“Birga baxtlimiz” shiori ostida faoliyat yuritadigan mazkur telekanal bugungi kunda o‘zining teleauditoriyasini kengaytirish maqsadida, bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqdi. Zamon talabi va tomoshabinlar qiziqishidan kelib chiqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirga chiqish soatlarini ko‘paytirdi. Ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar sonini oshirdi. Teleseriallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

image 1 fas
image 2
image 3
image 4
image 5
image 6
image 7
image 8
image 9
image 10
image 11
image 12
image 13

7 yil

Sevimli TV telekanalimiz 2017 yilda qayta nomlanganidan beri 7 yil o‘tdi

600+

Hozirda jamoamizda 600 dan ortiq xodim ishlaydi

120+

Biz ish faoliyati davomida 120 dan ortiq mijozlar bilan ishlashga muvaffaq bo'ldik

Bizning maqsadlarimiz

1

icon

“Sevimli” telekanali o‘tgan davr mobaynida milliy kontentning sifatini oshirish, uning tomoshabinbop bo‘lishi va yuqori reyting olishi uchun katta tayyorgarlik ko‘rdi. Bu borada, 50 ga yaqin yangi loyihalar tayyorlandi. 20 dan ziyod milliy serialni sotib olish bo‘yicha xususiy kinostudiyalar bilan shartnomalar imzolandi. 750 dan ortiq milliy filmlar sotib olinib, telekanal arxiv bazasi boyitildi.

2

icon

«SEVIMLI» telekanali bugungi kunda milliy kontentni shakllantirish va milliy telemahsulotlar bozorini rivojlantirish maqsadida teleseriallar suratga olish ishlarini ham yo‘lga qo‘ydi. O‘tgan 2 yilda telekanal tomonidan 10 ta yangi milliy serial suratga olindi. 2023 yilda ham yana 6 ta yangi serial suratga olinib, efirga uzatish mo‘ljallanyapti

3

icon

Bularning barchasi “Sevimli” telekanalining 2019-yildan buyon hozirgacha 6 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan auditoriya orasida eng ko‘p ko‘rilgan telekanal bo‘lishini ta'minladi. Jami maqsadli auditorining 17,5 ulushi bilan O‘zbekistonning birinchi raqamli telekanali nomini saqlab kelmoqda

Boshqaruv

image of boss

Zhaloliddin Sattorovich Safoev

Sevimli telekanali bosh direktori

Toshkent davlat madaniyat institutini jurnalist-bibliograf mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Tug'ilgan yili: 1960 yilda tug'ilgan Maqomi: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

image of boss

Rashidov Davlat Abdurafikovich

Bosh prodyuser, O‘zbekistonning yetakchi xususiy telekanali “Sevimli TV” rahbari

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Samarqand filialini filologiya yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan va iqtisod fanlari magistri darajasiga ega. Tug'ilgan sanasi va joyi: 1983 yil 5 may Maqomi: SMG media guruhi boshqaruvi raisi. 2022 yildan beri u bir vaqtning o'zida telekanalning bosh prodyuseri hisoblanadi

image of boss

Khuzhaev Abduvokhid Abdikayumovich

DIS MChJ direktori

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini buxgalter mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Tug'ilgan yili va joyi: 1979 yil 25 oktyabrda Samarqand shahrida tug'ilgan. Ishga kirgan sanasi: 2015 yilda Sevimli TV telekanaliga ishga kirgan

image of boss

Olimov Jaxongir Ubaydilloxon oʻgʻli

Sevimli telekanalidagi “Zamon” axborot-tahliliy dasturi bosh muharriri va boshlovchisi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan, shuningdek, Milliy universitet magistraturasini tamomlagan. Tug'ilgan sanasi va joyi: 1992 yil 23 fevralda Toshkent shahrida tug'ilgan. Maqomi: Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputati. “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan

image of boss

Saidaliev Qaxramon Saidnabievich

“Master Media Production and Broadcast” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Sevimli” telekanali bosh muharriri o‘rinbosari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining davlat boshqaruvi va davlat boshqaruvi yo‘nalishini tamomlagan. Tug'ilgan yili: 1984 yil 18 oktyabr. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.